Taʼlim dasturi

Toʻrt bosqich — tayyorlov sinfidan bitiruv sinfigacha.

Thompson International School’da taʼlim tayyorlov sinfidan bitiruv sinfigacha boʻlgan toʻrt bosqichdan iborat. Har bir bosqichda bola oʻz yoshiga mos bilim va koʻnikmalarni egallaydi hamda keyingi bosqichga qadam-baqadam tayyorlanadi.

  1. 6 yoshdan boshlab bolani maktabga tayyorlaymiz: nutqi, diqqati, xotirasi va qoʻl motorikasini rivojlantiramiz, harflar, raqamlar va sonlar bilan tanishtiramiz. 0-sinfdanoq ingliz tili va Speaking darslari boshlanadi.

    Natija: Bola harf va tovushlarni biladi, 10 gacha sanaydi, ingliz tilidagi oddiy iboralarni tushunadi va 1-sinfga tayyor boʻladi.

  2. Mustahkam bilim poydevorini yaratamiz: oʻqish, savodli yozish va matematika. Matematika, ingliz tili va IT chuqurlashtirilgan holda oʻqitiladi, ogʻzaki nutq rivojlantiriladi. Va aynan shu bosqichda bolaga 2-chi til sifatida Xitoy tili qoʻshiladi. 4-sinfda oʻquvchilar ilk loyihalarini bajaradi va murakkab masalalarni yecha oladi.

    Natija: Bola mustaqil oʻqiydi va yozadi, ishonch bilan matematik misollarni hisoblaydi, ingliz tilida muloqot qiladi, asosiy IT koʻnikmalariga ega boʻladi.

  3. Matematika, ingliz tili va IT chuqurlashtirilgan holda oʻqitiladi. Oʻquvchilar 3D-modellashtirish va maketlarni chop etishni oʻrganadi, VR-zonada kimyo, biologiya, tarix kabi darslarni oʻtadi, loyiha va tadqiqot ishlarini bajaradi.

    Natija: Oʻquvchi murakkab masalalarni yechadi, matn va maʼlumot bilan savodli ishlaydi, 3D-modellar yaratadi va raqamli vositalardan ishonch bilan foydalanadi.

  4. Profilli taʼlim: chuqurlashtirilgan matematika, akademik ingliz tili va IT. 8-sinfdan boshlab IELTS va SAT’ga tayyorgarlik, loyihaviy ish, tanqidiy fikrlash va taqdimot koʻnikmalarini rivojlantirish. Oʻquvchilar ustozlar bilan birga universitet tanlaydi, uning talablariga muvofiq tayyorlanadi, portfolio shakllantiradi va hujjatlarini topshiradi.

    Natija: Bitiruvchi akademik ingliz tilini egallaydi, xalqaro imtihonlarga tayyor boʻladi va dunyoning yetakchi universitetlariga kirishga tayyor boʻladi.

Birinchi qadamni qoʻyishga tayyormisiz?

Maktabga kirish

Ariza qoldiring

Kontaktlaringizni qoldirganingizdan soʻng nima boʻladi:

  1. Ariza

    Siz oʻngdagi formada kontaktlaringizni qoldirasiz.

  2. Mutaxassis qoʻngʻirogʻi

    Maktab mutaxassisi siz bilan bogʻlanadi, savollaringizga javob beradi va filial tanlashga yordam beradi.

  3. Ekskursiya va direktor bilan uchrashuv

    Tanlangan filialda, sizga qulay kun va vaqtda.

  4. Shartnoma tuzish

    Barcha shartlar kelishilgach, bola oʻqishni boshlaydi.

+998 55 555 55 00
Istalgan sinf
Istalgan filial

Ariza yuborish bilan siz shaxsiy maʼlumotlar qayta ishlanishiga rozilik bildirasiz.