3 milliard soʻmlik Thompson Grant Dasturi

Dunyoning top universitetlariga yoʻl

Asosiy maʼlumot

Oʻzbekiston boʻylab eng iqtidorli oʻquvchilar Thompson International School’da 30% dan 100% gacha grant asosida taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻladi.

  • 8–11-sinf oʻquvchilari uchun
  • Butun respublika boʻyicha atigi 100 nafar oʻquvchi
  • Grant miqdori individual suhbat natijasiga koʻra belgilanadi

Loyiha mohiyati

Bu oddiy grant emas, balki Ivy League va dunyoning yetakchi universitetlarini maqsad qilgan oʻquvchilar uchun yaratilgan yangi taʼlim tizimi. Oʻquvchilar bilan tajribali xalqaro mentorlar hamda IELTS 9.0 va SAT 1500+ natijalariga ega mahalliy ustozlar ishlaydi.

Qabul mezonlari

  • 8, 9, 10 yoki 11-sinf oʻquvchisi boʻlish
  • IELTS — 7.0 va undan yuqori ballga ega boʻlish
  • Intervyu va portfolio asosidagi tanlovdan oʻtish

Oʻquvchilar nimaga ega boʻladi

Oʻqishga tayyorgarlik

AP kurslari, SAT va IELTS imtihonlariga puxta tayyorgarlik.

Portfolio

Tadqiqotlar, loyihalar, olimpiadalar, volontyorlik va yetakchilik orqali kuchli profil.

Universitetga qabul yordami

Universitet tanlash, shaxsiy insholar va stipendiya arizalarini tayyorlash.

Mentorlik va monitoring

Shaxsiy mentor, muntazam baholash va rivojlanishni kuzatib borish.

Bitiruvchilarimiz natijalari

2025–2026 oʻquv yilida bitiruvchilarimiz NYU, Singapur, Turkiya va Oʻzbekistonning yetakchi universitetlariga 100% gacha grant bilan qabul qilindi. Eng yirik grant — $368 000.

Nomzodlikni topshirish bosqichlari

  1. Onlayn roʻyxatdan oʻtish

    Saytdagi formani toʻldiring.

  2. Akademik jamoa bilan aloqa

    Arizangizni koʻrib chiqib, siz bilan bogʻlanamiz.

  3. Individual suhbat

    Maqsadlaringiz, bilimingiz va salohiyatingizni baholaymiz.

  4. Natijalar

    Grant miqdori va yakuniy javobni eʼlon qilamiz.

Dunyoning eng nufuzli universitetlarida oʻqishni maqsad qilganmisiz? Hoziroq roʻyxatdan oʻting.

Roʻyxatdan oʻtish

Ariza qoldiring

Kontaktlaringizni qoldirganingizdan soʻng nima boʻladi:

  1. Ariza

    Siz oʻngdagi formada kontaktlaringizni qoldirasiz.

  2. Mutaxassis qoʻngʻirogʻi

    Maktab mutaxassisi siz bilan bogʻlanadi, savollaringizga javob beradi va filial tanlashga yordam beradi.

  3. Ekskursiya va direktor bilan uchrashuv

    Tanlangan filialda, sizga qulay kun va vaqtda.

  4. Shartnoma tuzish

    Barcha shartlar kelishilgach, bola oʻqishni boshlaydi.

+998 55 555 55 00
Istalgan sinf
Istalgan filial

Ariza yuborish bilan siz shaxsiy maʼlumotlar qayta ishlanishiga rozilik bildirasiz.